Bakalavriat. 5 kurs talabalar uchun

Mundarija

Postromboflebitik sindrom (PTFS)

Bu oyoq chuqur venalarining boshdan kechirilgan trombozi natijasida rivojlanadigan simptomlar kompleksi, aholining 1,5-5 foizida uchraydi. Chuqur venalar trombozining eng ko’p uchraydigan natijasi tromb rekanalizatsiyasi, kamroq – tromblangan venalarning obliteratsiyasi hisoblanadi.

Tromb hosil bo’lish jarayoni kasallik boshidan boshlab 2-3 – xaftadan boshlanadi va bir necha oydan 5 yilgacha muddatda rekanalizatsiya bilan tugallanadi. Zararlangan vena klapanlariga shikast etganda rigid sklerozlangan naychaga aylanadi. Paravazal fibroz rivojlanadi. Zararlangan chuqur venalarda bosim oshishi natijasida avvaliga funktsional, so’ngra a’zo jihatidan faoliyatsiz bo’lib qolgan komunikant venalar tizimida bosim ortadi. Oyoq venalarida reflyuks yuz berib, u chuqur venalardan teri osti venalariga oka boshlaydi, arteriola-venulyar anastomozlar ochiladi. Boldirning uchdan bir pastki qismida, eng yirik perforant venalar va ortostatik venoz bosim eng yuqori bo’lgan medial to’piq ustida o’zgarishlar ayniqsa chuqur bo’ladi. Mikrotsirkulyatsiyaning buzilishlari trofik yaralar hosil bo’lishiga sababchi hisoblanadi.

Klinikasi. Eng erta simptom – zararlangan oyoqda og’irlik sezgisi va og’riq, bular uzoq vaqt oyoq ustida turilganda ko’payadi va bemor oyog’ini ko’tarib yotganida kamayadi.

Tungi vaqtlarda va uzoq vaqt tik turib qolishda aksariyat boldir mushaklarida tortishish paydo bo’ladi. Oyoqdagi shish hatto tungi uyqudan keyin ham yo’qolmaydi. Yonbosh venalar zararlanganda shish butun oyoqni qamrab oladi, son venasi zararlanganda boldir va sonning uchdan bir pastki qismini, boldirning chuqur venalari trombozida – to’piqlar sohasini va oyoq panjasini egallaydi. Bemorlarning 65-75 foizida venalarning varikoz kengayishi rivojlanib, u katta va kichik teri osti venalari sistemasini egallaydi. Yonbosh venalari zararlanganda oldingi qorin devori teri osti venalari kengaygan. Boldir uchdan bir pastki qismi to’qimalari, ayniqsa, to’piq medial sohasining induratsiyasi xarakterli. Teri va teri osti yog’ to’qimasi zich, harakatsiz, qo’ng’ir yoki to’q jigar rang tusda. Ko’pincha o’zgarib qolgan terida qattiq qichishtiradigan nam ekzema paydo bo’ladi. Shu erning o’zida trofik yaralar joylashgan ular uzoq vaqt, qaytalanib kechadi. Trofik yaralar yakka-yakka yoki ko’p sonli, chetlari sklerozlangan, tubi silliq, yumshoq granulyatsiyalar bilan qoplangan, oz-moz suvlanib turadi.

PTFS ning 4 klinik turi: shish-og’riqdi, varikoz, yarali va aralash turlari farq qilinadi.

Ilgari chuqur venalar trombozi bo’lib o’tganligi PTFS dan dalolat beradi. Delbe-Pertes va Pratt-1 funktsional sinamalarining natijalari chuqur venalar o’tkazuvchanligi buzilganligini ko’rsatib, diagnozni tasdiqlaydi. 

Ultratovush doppler tekshiruvida tromblashgan venalarda qon oqimi yo’qolishi yoki susayishi, qonni yuzaki venalarda oqishi tezlashuvi, ultratovush dupleks tekshiruvida esa tromblashgan venalar intima-media holati, ichidagi tromb holati, vena o’tkazuvchanligi, komunikantlardagi qon oqimi, tezligi va hajmlari haqida ma’lumotlar aniqlanadi. Tekshiruv natijasi to’liq qoniqtirmagan holatda dinamik flebografiya ma’lumotlari tashhisni tasdiqlaydi.

Differentsial tashhisni varikoz kasalligi, Parks-Veber sindromi, yurak va buyrak kasalliklari, chanoq o’smalari, limfedema kasalligi bilan o’tkaziladi.

Davolash kompleks tarzda olib boriladi.

Konservativ davo:

  1. elastik bintlar taqish;
  2. siydik haydovchi vositalar;
  3. ratsional ishga joylashtirish;
  4. desensibilizatsiya qiladigan davo;
  5. mikrotsirkulyatsiyani yaxshilaydigan vositalar;
  6. trofik yaralarda antibiotiklar va antiseptiklar, proteolitik fermentlar tayinlanadi;
  7. dermatitlar hamda ekzemada tarkibida rux yoki talk bo’lgan aralashmalar, ftorokort, flutsinar, kuriozin.
  8. fleboprotektorlar.

Jarrohlik usulida davolash. Quyidagilarni amalga oshirish uchun ko’p sonli amaliyotlar taklif qilingan:

  1. Paydan taqim venasi ekstravazal klapanini yaratish (Psatakis jarrohlik amaliyoti).
  2. Zararlangan oyoqdan sog’lom tomoniga kesishma autovenoz qov usti safeno-son shunti orqali qon oqib ketishini vujudga keltirish (Palma jarrohlik amaliyoti).
  3. Venaning zararlangan sohasini teri osti venasidan olingan transplantat bilan almashtirish.

PTFS ni davolashda yuzaki va kommunikant venalardagi jarrohlik amaliyotlari (Bebkokk bo’yicha flebektomiya, Linton, Kokket, Felder jarrohlik amaliyotlari hamda endoskopik usulda perforant venalarni bog’lash) va fastsioplastika eng ko’p tarqalgan. Operatsiyadan keyingi davrda doimiy elastik bintlash tavsiya qilinadi.

# Materiallar KO'CHIRISH KO'CHIRISH
1
Prezentatsiya 4-5 kurs talabalar uchun – Aorta ravog‘i tarmoqlarining okklyuzion kasalliklari
2
Ma’ruza 4-5 kurs talabalr uchun – Aorta ravog‘i tarmoqlarining okklyuzion kasalliklari

Koronar arteriyalarning anatomiyasi