1995-1996 yy. – O’zbekiston Respublikasi SSV ga qarashli xirurgiya ilmiy markazi operatsiya bo’limiga sanitar lavozimiga ishga olingan. 1996-1998yy. – Аkademik V.Vaxidov nomidagi xirurgiya ilmiy markazida xirurgiya mutaxassisligidan klinik ordinatura utgan.
Ish faoliyati:
1998 -2017 yil avgustga kadar Аkademik V.Vaxidov nomidagi xirurgiya ilmiy markazi upka xirurgiyasi bo’limida vrach ordinator lavozimida ishlagan. 2017 yil sentyabrdan 2019 yil dekabrga kadar Vazirlar Maxkamasi qarori bilan Qoraqalpog’iston Respublikasi U.Xalmuratov nomidagi Respublika ko’p tarmoqli tibbiyot markazi bosh shifokori lavozimiga tayinlangan. 2020 y yanvarь -2020 yil mart V.Vaxidov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan xirurgiya markazi bosh shifokor muovini lavozimida ishlagan 2020 yil 5 martdan – 2023 yil 6 aprelgacha “Ezgu niyat” ko’p tarmoqli tibbiyot markazida torakal xirurg lavozimida ishlagan. 2023 yil 3 maydan xozirgi vaktgacha Toshkent tibbiyot akademiyasi 2-son fakultet, gospital xirurgiya va transplantologiya kafedrasida dotsent lavozimida ishlaydi.