Bakalavriat. 5 kurs talabalar uchun

Mundarija

Oyoq venalarining varikoz kasalligi

Oyoq venalarining varikoz kasalligi (varicus venus cruris) – deganda ular devorining qopsimon kengayishi, teri osti venalari uzunligining oshishi va ilonsimon egri-bugri bo’lib qolishi tushuniladi. Bu kasallikda zararlangan oyoqda venoz qon aylanishining buzilishi va trofik o’zgarishlar kuzatiladi. Ushbu xastalik yuzaki venalarning butun uzunligida joylashuvi mumkin, chuqur venalarning zararlanishi mumkinligi ham aniqlangan.

Oyoq venalarining varikoz kengayishi aholining 17-37% da kuzatiladi. Shifoxonalarda u xirurgik bemorlarning umumiy soniga nisbatan 2,0-3,3% ni tashkil etadi. Ayollar erkaklarga qaraganda 3 marta ko’proq kasallanadilar. V.S. Savelev va E.P. Dumpe (1970) aholining 15-20% vena kasalliklari bo’yicha operatsiya usulida davolanishga muhtoj deb hisoblaydilar.

Etiologiyasi va patogenezi

Oyoq venalarining varikoz kasalligi birlamchi va ikkilamchi deb tafovut qilinadi. Agar birlamchi varikoz kasallik klapan etishmovchiligi, venalar tonusi pasayishidan rivojlansa va kasallikning ko’proq uchraydigan turi xisoblansa, venalarning ikkilamchi varikoz kengayishi chuqur venalar tromboflebitidan keyin kompensator rivojlanadi.

Venalarning varikoz kasalligi rivojlanishiga doir bir necha nazariyalar mavjud bo’lib ular quyida keltirilgan.

Mexanik nazariya – kasallik rivojlanishini uzoq vaqt oyoqda turib qolinganda yoki venalarning proksimal bo’limlari ezilganda (masalan, xomiladorlikning ikkinchi yarmida) oyoqdan qon oqib ketishi qiyinlashuvi sababli venalardagi bosimning oshishi bilan izohlaydi.

Eng uzun vena – katta teri osti venasi gravitatsion effekt natijasida yuqori qon bosimi ta’siriga uchraydi. Shunga ko’ra bu kasallikni yana oyoqda turib bajariladigan kasbli mutaxasislarning kasalligi ham deb ataydilar.

Klapan etishmovchiligi yoki irsiy moyillik nazariyasining tarafdorlari kasallik avj olishini venoz klapanlarining tug’ma bo’lmasligi yoki ularning o’sib etilmaganligi sababli funktsional etishmovchiligi bilan izohlaydilar.

Neyroendokrin nazariya tarafdorlari organizmdagi gormonal qayta qurish (xomiladorlik, menopauza, voyaga etish davri, tug’ruq va b.) tufayli vena devorining sustlashib qolishiga asosiy ahamiyat beradilar. Bunda chanoq a’zolariga qon oqib kelishi ko’payadi, arteriola-venulyar anastomozlar ochiladi va venalar tonusi pasayib ketganligidan qon oqib ketishga qiyinchilik tug’diradi.

Qator tadqiqotchilar venalarning varikoz kengayishi rivojlanishida arteriola-venulyar anastomozlar etakchi ahamiyatga ega deb hisoblaydilar (G.P. Alekseev, 1971, V.P. Vasyutkov, 1972). Arteriola-venulyar anastomozlar noqulay omillar ta’siri ostida ochilib ketadi, natijada oyoqqa ko’p miqdorda qon yuqori bosim ostida tusha boshlaydi, venalar bo’shlig’i kengayadi va venalarning ikkilamchi klapan etishmovchiligi rivojlanadi, varikoz tugunlar paydo bo’ladi. Varikoz kasalligining bu arterial turiga Parks-Veber-Rubashev kasalligi kiradi.

Yuqorida aytilganlardan venalarning varikoz kengayishi quyidagi qator omillarning bir vaqtda ta’sir qilishi natijasida kelib chiqishi ayon bo’ldi:

  • moyil qiladigan omillar: venalarning tug’ma yoki orttirilgan o’zgarishlari: faoliyat ko’rsatmaydigan arteriola-venulyar anastomozlar borligi, neyroendokrin buzilishlar, vena devori tonusining pasayishi;
  • keltirib chiqaradigan omillar: oyoq venalarida bosimni oshiradi va venoz qon oqib ketishini qiyinlashtiradi.
# Materiallar KO'CHIRISH KO'CHIRISH
1
Prezentatsiya 4-5 kurs talabalar uchun – Aorta ravog‘i tarmoqlarining okklyuzion kasalliklari
2
Ma’ruza 4-5 kurs talabalr uchun – Aorta ravog‘i tarmoqlarining okklyuzion kasalliklari

Koronar arteriyalarning anatomiyasi