Bakalavriat. 4 kurs talabalar uchun
Mundarija
Qalqonsimon bez yallig’lanishlari
Qalqonsimon bezning yallig’lanish kasalliklari o’tkir yoki surunkali infektsiya ta’siri natijasida rivojlanadi. O’zgarmagan qalqonsimon bezda rivojlangan yallig’lanish jarayoniga – tireoidit, avvaldan buqoq mavjud bo’lgan bezda rivojlangan yallig’lanish jarayoniga esa – strumit deyiladi.
O’tkir tireoidit va strumit tana haroratining oshishi bilan boshlanadi. Bemorlar bosh og’rishi, qalqonsimon bezdagi kattiq og’riqqa shikoyat qiladilar. Og’riq ensa sohasiga va kuloqqa ta’sir beradi. Bo’yinning oldingi yuzasida, qalqonsimon bez chegarasida yutinishda suriladigan og’riydigan shish paydo bo’ladi. Tireoiditning og’ir asorati, ba’zan sepsis rivojlanishi bilan og’irlashadigan yiringli mediastinit rivojlanishi hisoblanadi. Shuning uchun ham o’tkir strumit yoki tireoidit diagnozi qo’yilgan bemorlarni shoshilinch ravishda kasalxonaga yotkizish va jadal davolashni boshlash kerak.
Davolash. Bemorlarga ta’sir doirasi keng antibiotiklar, sulfanilamid preparatlari, detoksikatsion muolaja, osoyishta sharoit, suyuq yumshoq ovqatlar, mo’l ichimlik va fizioterapevtik muolajalar tayinlanadi. Bezda yumshash, flyuktuatsiya belgilari paydo bo’lib abstsessga aylanganda, yiringli jarayon bo’yinga va ko’ks oralig’iga tarqalib ketmasligi uchun, darhol uni ochib, drenajlash amaliyotini bajarish tavsiya etiladi.
Yiringli bo’lmagan tireoidit (de Kerven-Krayl granulematoz tireoiditi) virusli infektsiyaga bog’liq bo’lib, kasallik klinik belgilariga ko’ra o’tkir yiringli tireoiditga o’xshash bo’ladi. Og’riq sindromining bo’lmasligi yoki yuzaga chiqmaganligi, bez ustidagi terining o’zgarmaganligi va qo’zish davrida gipertireoz belgilarining hamrohligi, tahlillarda esa oqsil bilan bog’langan yod miqdorining ortishi, uni boshqa turdagi kasalliklardan ajratib turuvchi belgilar hisoblanadi. Davolash. Bemorlarga yuqorida keltirilgan muolajadan tashqari, buyrak usti bezi pustlog’ining gormonlaridan (har kuni 20-30 mg dan 4-6 haftagacha) prednizolon tayinlanadi. Takrorlanganda qalqonsimon bez rentgenoterapiyasi o’tkaziladi. Prognozi odatda yaxshi, kasallik tez kunda sog’ayish bilan yakunlanadi.
Xoshimoto surunkali limfomatoz tireoiditi
Xoshimoto surunkali limfomatoz tireoiditi (autoimmun tireoidit). Kasallik autoimmun organospetsifik patologik jarayonlar qatoriga kiradi, ularda organizmda hosil bo’ladigan antitelolar bitta a’zo komponentlariga nisbatan spetsifik. Qalqonsimon bez noma’lum sabablar ta’siri ostida tireoglobulindan farq qiladigan – o’zgargan gormonalaktivmas yodproteinlar ishlab chiqara boshlaydi. Ular qonga tushib antigenga aylanadi va qalqonsimon bezning hujayralari (tireotsitlar) hamda tireoglobulinga qarshi antitelolar hosil qiladi, keyingisini inaktivlaydi. Bu normal tireoid gormonal sintezi buzilishiga olib keladi. Bunga javoban, gipofiz tireotoksik gormoni sekretsiyasini oshiradi, hamda qalqonsimon bez giperplaziyasiga sabab bo’ladi. Kasallikning so’nggi bosqichlarida bez faoliyati, unda yod yig’ilishining pasayishi bilan parallel holda pasayadi.
Klinikasi va diagnostikasi
Kasallik aksariyat 50 yoshdagi va undan oshgan ayollarda paydo bo’ladi, asta-sekin 1-5 yilgacha rivojlanadi. Kasallikning birdan-bir belgisi – qalqonsimon bez o’lchamining kattalashuvi hisoblanadi. Ushlab ko’rilganda bez zich, biroq paypaslab ko’rilganda atrofdagi to’qimalar bilan bog’lanmagan, harakatchan. Keyinchalik bemorlarda kayfiyatning umumiy buzilishi, ruhiy holatida o’zgarishlar va gipotireoz belgilari kuzatiladi. Limfatik tugunlar kattalashmagan.
Davolash
Xoshimoto buqog’ini davolash konservativ. Bemorlarga tireoid va glyukokortikoid gormonlar tayinlanadi. Tireoid gormonlar dozasi individual tayinlanadi, tireoidinning o’rtacha sutkalik dozasi 0,1-0,3 g. Prednizolonning 20- 40 mg sutkalik dozasi 1,5-2 oy mobaynida tayinlanib, u asta-sekin kamaytirib boriladi.
Kasallik saratonga aylanganiga shubha bo’lganda yoki katta buqoq bo’yin a’zolarini bosib qo’yganda operatsiya qilish shart. Bu holda, O.V. Nikolaev usulida subtotal subkapsulyar strumektomiya amaliyoti bajariladi, shundan keyin rivojlanishi mumkin bo’lgan gipotireozni profilaktika qilish uchun, albatta tireoidin tayinlanadi.
Ridel surunkali fibroz tireoiditi
Kasallik qalqonsimon bezda, uning parenximasi o’rnini qoplaydigan biriktiruvchi to’qimaning o’sib, qalinlashuvi bilan ta’riflanadi, jarayonga atrofdagi to’qimalar qo’shiladi. Kasallik etiologiyasi aniqlanmagan.
Klinikasi va diagnostikasi. Qalqonsimon bez diffuz kattalashgan, toshdek kattiq atrof to’qimalar bilan tutashib ketgan. Gipotireozning o’rtacha belgilari qayd qilinadi. Kattalashgan bezning qizilo’ngach, traxeya, qon tomirlar va nervlarni ezishi tegishli belgilarni keltirib chiqaradi.
Davolash. Operatsiyaga qadar qalqonsimon bezning xavfli o’smasini istisno qilib bo’lmaydi, shuning uchun Ridel tireoiditida xirurgik aralashuv (operatsiya) talab qilinadi. Fibroz tireoid to’qima maksimal kesilib olib tashlangach, muolaja qo’llaniladi.
Tireotoksikozda ko'z simptomlari. Ikromiddinova Shaxnoza
Diffuz toksik buqoqda ko'z simptomlari. Odilov Sirojiddin
Diffuz tireotoksik buqoqni davolashi. Tursunboyev Beksulton
Qalqonsimon bezning gormonlari. Karimova Moxinur
Surunkali tireoiditlar: Hashimoto va Ridel. Olimov Abdulaziz
Tugunli buqoq. Hamraliyev Habibullo
Qalqonsimon bez toksik adenomasi. Abduqahhorova Nilufar
Prezentatsiyalar presentations
Qalqonsimon bez kasalliklari. Tireotoksikozda ko’z simptomlari (Ikromiddinova Shaxnoza)
Diffuz toksik buqoqni davolash (Tursunboyev Beksulton)
Qalqonsimon bezning gormonlari (Karimova Moxinur)
Surunkali tireoiditlar. Hashimoto va Ridel (Olimov Abdulaziz)
Qalqonsimon bezning toksik adenomasi (Abduqahhorova Nilufar)