Bakalavriat. 4 kurs talabalar uchun
Mundarija
Paraqalqonsimon bezlar kasalliklari
Paraqalqonsimon yoki qalqonsimon bez ortidagi bezlar (glandula parathyreoidea) – ichki sekretsiya bezlaridir. Ular qalqonsimon bezning orqa sathida, uning kapsulasidan tashqarida, aksariyat har tomonida ikkitadan ya’ni juft bo’lib joylashgan. Ularning katta-kichikligi va miqdori birmuncha o’zgarib turadi. Bezlarning ichki sekretor faoliyatining mahsuloti paratgormon hisoblanib, u tireokaltsitonin bilan birga kaltsiy-fosfor almashinuvida asosiy o’rin tutadi.
Paraqalqonsimon bezlar kaltsiy-fosfor almashinuvida ishtirok etadigan uchta a’zo: suyaklar, buyraklar va ichaklarga ta’sir qiladigan gormon vositasida, qonda kaltsiyning doimiy miqdorini saqlab turadi. Paratgormon osteoblastlarni aktivlashtirib, osteoklastlarga o’tishini ta’minlaydi va suyaklar rezorbtsiyasini, skelet suyaklari mineralsizlanishini kuchaytiradi. Natijada qonga katta miqdorda kaltsiy tushadi va giperkaltsiemiya, giperkaltsiuriya shu bilan izohlanadi. Giperkaltsiemiyada paratgormon ta’siri ostida buyrak kanalchalarida reabsorbtsiya jarayoni to’xtaydi va organizmdan ortiqcha kaltsiy siydik orqali chiqariladi. Paratgormon buyrak kanalchalarining proksimal bo’limlarida fosfor reabsorbtsiyasini to’xtatadi va distal bo’limlarda uning ekstraktsiyasini kuchaytiradi. U shuningdek ichakda kaltsiy rezorbtsiyasini kuchaytiradi. Uning ta’siri vitamin D ta’siriga qarama-qarshi bo’lib, ichak devori orqali kaltsiy ionlari o’tishiga imkon beradi. Shunday qilib, paratgormon etishmovchiligi gipokaltsiemiya, giperfosfatemiya va siydikda kaltsiy hamda fosfor kamayishiga sabab bo’ladi. Gormon gipersekretsiyasi mineral almashinuvining og’ir buzilishilarini, so’ngra esa suyaklar va buyraklar zararlanishini keltirib chiqaradi.
Giperparatireoidizm
Birlamchi giperparatireoidizm (Reklingauzen kasalligi yoki generalizatsiyalangan fibrokistoz distrofiya) osteoporoz, kistalar, suyak shakli buzilishi va patologik sinishi, buyrakda tosh va kaltsinoz paydo bo’lishi bilan ta’riflanadi. Kasallik odatda 30 yoshdan keyin boshlanadi, asosan ayollar kasallanadilar. Giperparatireoidizmning morfologik substrati, bezning yakka adenomasi yoki giperplaziyaga uchrashi hisoblanadi.
Klinikasi va diagnostika. Kasallikning klinik manzarasi turli-tuman. Ko’proq buyraklar, suyaklar va me’da-ichak yo’li tomonidan belgilar kuzatiladi. Uning klinik turlari: buyrakka, suyakka tegishli, aralash, vistseropatik va o’tkir giperparatireoz.
Buyrak turida belgilari siydik-tosh kasalligiga o’xshash bo’ladi. Bemorni buyrak sanchig’i, gematuriya, poliuriya bezovta qiladi. Infektsiya qo’shilib kelishi va buyrak parenximasidagi degenerativ o’zgarishlar pielonefrit, urosepsis, azotemiya va uremiyaga olib keladi.
Kasallikning suyak turi uchun bo’g’im, suyak, umurtka pog’onasidagi og’riqlar xos, ular hatto tinch turganda ham bosilmaydi. Panja barmoqlari falangalarida suyak qobiq qavatining suyak usti pardasi emirilishi, III falanga distal qismining parchalanishi (bu suyaklarning boshqa kasalliklarida kuzatilmaydi) erta diagnostik belgilar hisoblanadi. Ko’krak va bel umurtqalarining to’liq yoki yassilanishi bilan o’tadigan kuchli osteoporoz kuzatiladi. Vistseropatik turida giperparatireoidizm me’da, o’n ikki barmoqli ichak yarasi bilan birga uchraydi.
Giperparatireoidizm diagnozi anamnez, ob’ektiv ko’rik, belgilar, rentgenologik tekshiruv va gipokaltsiemiya, giperfosfatemiya va giperkaltsiuriyaning laboratoriya ko’rsatkichlari ma’lumotlari asosida qo’yiladi. Qalqonsimon bez orti bezlarini Co57 yordamida stsintigrafiya qilish, bezning joyini va undagi morfologik o’zgarishlarni aniqlash imkonini beradi. Davolash. Birdan bir davolash usuli paratireod adenomalarni olib tashlashdan iborat.
Gipoparatireoz
Paratgormon etishmovchiligiga bog’liq bo’lgan kasallik yoki holat. Gipoparatireoz sabablari paraqalkonsimon bezlarning yallig’lanish kasalliklari, shikastlanish vaqtida qon quyilishi, qalqonsimon bezning tug’ma kamchiligi, uni tasodifan olib tashlash yoki shikastlab qo’yish.
Klinikasi va diagnostikasi
Gipoparatireoz – talvasa xurujlari bilan o’tadi. Talvasalar klonik xususiyatga ega bo’lib, aksariyat yuz mushaklarida paydo bo’ladi va simmetrik mushak guruhlarini qamrab oladi. Talvasa qorin devori mushaklari va ichdagi silliq mushaklar spazmiga bog’liq holda qorinda og’riq bilan o’tadi. Laringospazm bilan asfiksiya paydo bo’lish ehtimoli bo’ladi. Unga Xvostek va Trusso simptomlari xos. Xvostek simptomi – yuz nervi proektsiyasi sohasida quloq yumshog’i oldida barmoq yoki perkussion bolg’a bilan urib ko’rilganda, burun parragi va og’iz burchi sohasidagi mushaklar qisqaradi. Trusso simptomi – qo’ltiqdagi nervqon tomirlar tutami sohasi bosilganda, qo’l kaftining “doya qo’li” belgisi ko’rinishida tonik qotib qolishi, farq qilib turadigan belgisi hisoblanadi. Epilepsiya xurujlari bilan tafovutlanishi lozim.
Davolash. Xurujlar vena tomiriga kaltsiy xlorid eritmalarini yuborib to’xtatiladi. Xurujlarining oldini olish uchun bemorlar muttasil kaltsiy preparatlari, vitamin D, paratireoidin qabul qilib turadilar. Xirurgik davo usullari orasida gipoparatireozni davolashda, qorinning teri osti kletchatkasiga har 2 yilda «bulon suyakcha» tikib qo’yish usuli ma’lum. Bu usul hozircha keng yoyilgani yo’q.
Tireotoksikozda ko'z simptomlari. Ikromiddinova Shaxnoza
Diffuz toksik buqoqda ko'z simptomlari. Odilov Sirojiddin
Diffuz tireotoksik buqoqni davolashi. Tursunboyev Beksulton
Qalqonsimon bezning gormonlari. Karimova Moxinur
Surunkali tireoiditlar: Hashimoto va Ridel. Olimov Abdulaziz
Tugunli buqoq. Hamraliyev Habibullo
Qalqonsimon bez toksik adenomasi. Abduqahhorova Nilufar
Prezentatsiyalar presentations
Qalqonsimon bez kasalliklari. Tireotoksikozda ko’z simptomlari (Ikromiddinova Shaxnoza)
Diffuz toksik buqoqni davolash (Tursunboyev Beksulton)
Qalqonsimon bezning gormonlari (Karimova Moxinur)
Surunkali tireoiditlar. Hashimoto va Ridel (Olimov Abdulaziz)
Qalqonsimon bezning toksik adenomasi (Abduqahhorova Nilufar)