Bakalavriat. 4 kurs talabalar uchun

Mundarija

Qalqonsimon bez o’smalari

Qalqonsimon bez o’smalarini quyidagi klinik-morfologik turlash (klassifikatsiya) qabul qilingan.

  1. Xavfsiz o’smalar:
    • – epitelial – embrional, keloid, papillyar;
    • – noepitelial – fibroma, angioma, limfoma, nevrinoma, xemodektoma.
  2. Xavfli o’smalar:
    • – epitelial – papillyar adenokartsinoma, follikulyar adenokartsinoma, Langxans o’smasi, solid rak, yassi hujayrali va taxassuslashmagan rak;
    • – noepitelial o’smalar – sarkoma, neyrosarkoma, limforetikulosarkoma.

Qalkonsimon bez raki (saratoni)

Qalkonsimon bez raki (saratoni) – hamma xavfli o’smalarning 0,4-1% da uchraydi. Odatda, bez faoliyati normal yoki pasaygan tugunli buqoqdan rivojlanadi, diffuz toksik buqoq kamdan-kam rakka o’tadi.

Ayollarda qalqonsimon bez raki erkaklarga nisbatan 3-4 marta ko’proq uchraydi. Qalqonsimon bez raki rivojlanishiga imkon beradigan omillarga jarohatlar, surunkali yallig’lanish jarayonlari, qalqonsimon bez sohasini rentgenda nurlantirishlar, radioaktiv yod yoki tireostatik preparatlar bilan uzoq muddat davolash kiradi. Qalqonsimon bezning xavfsiz o’smalari kamdan-kam kuzatiladi.

Qalqonsimon bezi rakining klinik bosqichlari:

  • I bosqichi – qalqonsimon bezda yakka o’sma bo’lib, uning shakli o’zgarmagan, kapsulasiga o’sib kirmagan va harakatchanligi chegaralanib qolmagan.
  • IIA bosqichi – qalqonsimon bezning yakka yoki ko’p sonli o’smalari, uning shaklini o’zgartirgan, biroq kapsulasiga o’sib kirmagan va harakatchanligini chegaralab qo’ymagan. Regional va boshqa a’zolarga metastazlari yo’q.
  • IIB bosqichi – qalqonsimon bezning yakka yoki ko’p sonli o’smalari, o’sib kirmagan va harakatchanligi yo’qolmagan, biroq bo’ynining zararlangan tomonidagi yaqin limfa tugunlarida metastazlari bor.
  • III bosqichi – o’sma qalqonsimon bez kapsulasidan tashqariga tarqalgan va atrof to’qimalar bilan bog’langan yoki qo’shni a’zolarni bosib turadi. O’smaning harakatchanligi chegaralangan, yaqin limfatik tugunlarga metastazlar bergan.
  • IV bosqichi – o’sma atrofidagi strukturalar va a’zolarga o’sib kiradi, qalqonsimon bez mutlaqo surilmaydi, limfatik tugunlarda metastazlar ko’riladi. Bo’yin va ko’ks oralig’ining limfatik tugunlariga metastazlar bergan, boshqa a’zolarga ham metastazlar bergan. Chuqur bo’yin, xiqildoq oldi, pre- va paratraxeal limfatik tugunlarga regionar limfogen  metastazlanish bo’ladi. Uzoqda joylashgan a’zolarga gematogen metastazlar berish kuzatiladi, bunda aksariyat o’pka va suyaklar zararlanadi.

Klinikasi va diagnostikasi

Erta klinik simptomlari – buqoq yoki normal qalqonsimon bezning tez kattalashuvi, zichligining ortishi, konturlari o’zgarishi. Bez g’adir-budir, kam harakatchan bo’lib qoladi, bo’yin regionar limfatik tugunlari paypaslanadi. O’smaning harakatsizligi va zichlashganligi nafas olish va yutish uchun mexanik to’siq bo’lib qoladi. Yutinish qiyinlashadi, bo’g’ilish va tovushning o’zgarishi sodir bo’ladi, bu tovush boylamlari pareziga aloqador bo’ladi. Birmuncha kech muddatlarda o’smaning metastazlanishiga bog’liq belgilar qayd etiladi. Ko’pincha bemorlar quloq va ensa sohasida og’riq borligiga shikoyat kiladilar.

Qalqonsimon bez o’smalarini differentsial diagnozi uchun, o’sma punktatini tsitologik va gistologik tekshirish ma’lumotlari asosiy ahamiyat kasb etadi. Ular kasallik diagnozini aniqlash va o’smaning morfologik turini belgilashga imkon beradi.

Davolash

Qalqonsimon bezi rakini davolashning asosiy usuli – operatsiyadir. Rakning papillyar va follikulyar turlarida (I-II bosqich) ekstrakapsulyar subtotal tireoidektomiya qilinib, limfatik tugunlar taftish etiladi va metastazlar aniqlanganda, ular olib tashlanadi. Kasallikning III bosqichida qo’shma muolaja o’tkaziladi. Operatsiyadan oldingi gamma-terapiya, so’ngra esa subtotal yoki total tireoidektomiya qilinib, kletchatka ikkala tomondan pay g’ilofi bilan birga kesiladi. Rakning III-IV bosqichlarida, agar operatsiyadan oldin nurlash muolajasi o’tkazilmagan bo’lsa, operatsiyadan keyin nurlatish maqsadga muvofiq bo’ladi. Rakning taxassuslashgan turlarida, metastazlarga gumon tutilgan limfa tugunlariga yoki a’zolarga ta’sir etish uchun radioaktiv yod tayinlanadi. Qalqonsimon bezi rakining follikulyar va papillyar turlarida davo natijalari birmuncha yaxshi. Rakning taxassuslashmagan solid turlarida esa, hatto nisbatan barvaqt operatsiya qilinishiga qaramay o’ta jiddiy. 

Tireotoksikozda ko'z simptomlari. Ikromiddinova Shaxnoza

Diffuz toksik buqoqda ko'z simptomlari. Odilov Sirojiddin

Diffuz tireotoksik buqoqni davolashi. Tursunboyev Beksulton

Qalqonsimon bezning gormonlari. Karimova Moxinur

Surunkali tireoiditlar: Hashimoto va Ridel. Olimov Abdulaziz

Tugunli buqoq. Hamraliyev Habibullo

Qalqonsimon bez toksik adenomasi. Abduqahhorova Nilufar

Prezentatsiyalar presentations