Bakalavriat. 5 kurs talabalar uchun

Oʼpkaning oʼtkir va surunkali yiringli destruktiv kasalliklari

Oʼpkaning yiringli kasalliklari yoki oʼpkaning oʼtkir infektsion destruktsiyasi – nospetsifik patogen mikroorganizmlar taʼsirida oʼpka toʼqimasining yalligʼlanish infilьtratsiyasi va keyinchalik yiringli yoki chirishga (destruktsiya) moyilligi bilan tavsiflangan patologik jarayon (spetsifik destruktsiyalarga tuberkulyozda kazeoz pnevmoniya, sifilitik gumma va b. Misol boʼladi). Destruktsiyaning xarakteriga qarab oʼpka xoʼppozi (abstsessi), gangrenasi va gangrenoz xoʼppozi (abstsessi) farq qilinadi.
Oʼpka oʼtkir abstsessi – bu oʼpkaning nekrozga uchragan toʼqimalarini yiringli yoki chirish natijasida parchalanishi, u yiringa toʼla yoki yiringli suyuklik satxiga ega bushlik xosil kilib, piogen kapsulaga ega boʼladi va sogʼlom oʼpka tukimasidan perifokal infilьtratsiya orkali ajralib turadi (koʼp xollarda bitta segment chegarasida boʼladi).
Oʼpka gangrenasi – oʼpkaning katta bir kismini anik chegaraga ega bulmagan yiringlab chirigan nekrozi bulib, tezda tarkalishi, juda ogir klinik kechimi bilan xarkterlanadi (koʼp xollarda bir yoki undan koʼp oʼpka boʼlagi chegarasida va piogen kapsula bilan chegaralanmagan).
Oʼpka gangrenoz abstsessi – bunda yiringli chirish oʼchogʼi chegaralanishga moyil boʼladi va oʼpkaning gangrenaga uchragan qismida demarkatsiya chizigʼi xosil boʼlib, yiringli boʼshliq devoriga yoki erkin yotgan oʼpka toʼqimasi sekvestrlari xosil boʼladi. Boʼnday xolatda chegaralangan gangrena tushuniladi.

  • Bakteriyalar:
    • Аeroblar:
      • grammusbat mikroflora (pnevmokokklar, stafilokokklar)
      • grammanfiy mikroflora (Escherichia, Citrobacter, Klebsiella, Proteus, Pseu-domonas)
    • Anaerob mikroorganizmlar
  • Zamburugʼlar: achitqisimon zamburugʼlar, aspergillalar va patogenligi boʼyicha zamburugʼlarga yaqin boʼlgan aktinomitsetlar (koʼpincha oʼzoq antibakterial terapiya fonida)
  • Viruslar (bronxlar epiteliysida yalligʼlanish va nekrotik oʼzgarishlar → xujayra va gumoral immunitetning susayishi → mikroorganizmlar koʼpayishi uchun oziqaviy substratning (muxitning) xosil boʼlishi)
  • Kam uchraydigan: oʼpka amebali abstsesslari, rikketsiyalar, xlamidiyalar, mikoplazmalar.

Patogenez:
1) oʼpka parenximasida oʼtkir infektsion-yalligʼlanish jarayoni (endotoksikoz sindromi);
2) bronxlar oʼtkazuvchanligini buzilishi;
3) qon aylanishining buzilishi va oʼpka toʼqimasining nekrozi.

Oʼpka abstsessi va gangrenasining klinik kechimi patogeneziga qarab, oʼpkaning nekrozga uchragan xajmiga, kasallikning bosqichiga, destruktsiya jarayoning jadalligiga, asoratlarning rivojlanishi, fon kasalliklar, organizmning reaktivligiga qarab turli xil boʼladi.

Klassik ravishda oʼpka oʼtkir abstsessida yaqqol 2 bosqich tafovut etiladi:

  1. oʼtkir infektsion yalligʼlanish va oʼpkada yiringli-nekrotik destruktsiya oʼchogʼining xosil boʼlishi.
  2. ochiq oʼpka yiringi, yaʼni yiringli oʼchoqning bronxga yorilishi.

Biringchi bosqich uchun xarakterli:

  • Kasallikning umumiy xolsizlik, titroq, bosh ogʼrigʼi bilan boshlanishi;
  • Tana xarorati koʼtarilishi (odatda baland 39-40 gacha, intermitirlanuvchi xarakterga ega, titroq va koʼp terlash bilan);
  • Yoʼtal (quruq yoki kam miqdorda balgʼam bilan);
  • Koʼkraqafasida ogʼriqlar (maʼlum bir chegarag ega).

Fizikal tekshiruvda:

  • Zararlangan tomonning nafas olish aktida ortda qolishi;
  • Zararlangan oʼpka proektsiyasida perkutor tovushning qisqarishi yoki boʼgʼiq boʼlishi. Perkussiya yoki palpatsiyada shu soxada ogʼriq (Kryukov simptomi);
  • Аuskultatsiyada dagʼal tovush (dagʼal, bronxial, sust nafas), patologik shovqinlarning paydo boʼlishi (xoʼl, mayda pufakchali xriplar, krepitatsiya).

Tipik klinik belgilar ikkinchi bosqichda paydo boʼladi:

  • Yiringli balgʼam chiqishi (oldingi shifokorlar tilida aytganda “oʼpka abstsessi diagnozi bemorlarning balgʼam yigʼuvchi idishida yozilgan”). Balgʼam yiringli, iki (pastki – yiringli, tepa – seroz qavat) yoki uch qavat, kulrang-sariq rangda va koʼp miqdorda;
  • Yiringli oʼchoqning bronxga yorilishi – bir vaqtning oʼzida koʼp miqdordagi balgʼamning ajralishi;
  • Bemor chiqazayotgan xavoda chirishli xidning boʼlishi.
 

Nur tashxislash

Oʼpka abstsessi KTsida yalligʼlanish infiltratiga xos tasvir – markazida bir yoki bir nechta bir xil zichlikga ega, ichki yuzasini yoʼqotgan bronxlarni koʼrishimiz mumkin. Morfologik bu soxalar oʼpkaning nekrozga uchragan toʼqimalaridir. Koʼpincha birinchi davridayoq nekroz zonasida mayda xavo pufakchalarini koʼrishimiz mumkin. Yiringli-nekrotik soxa atrofida perifokal infilьtratsiyani koʼramiz. Tomir ichiga bolyus kontrast modda yuborilgandan soʼng nekroz va chirishga uchragan soxa zichligi oʼzgarmaydi, perifokal infilьtratsiya zonasining zichligi esa 10-15Hga oshadi. Shunday qilib kompyuter tomogrammasi oʼpkadagi yalligʼlanish infiltratsiyasining yiringli-nekrotik xarakterini patologik jarayonning eng boshlangʼich davrida, xali xavoli boʼshliq xosil boʼlgunga qadar aniqlash imkonini beradi.

Fibrobronxoskopiya. Bemorlarda yiringli endobronxitning jadalligini aniqlashga imkon beradi. Bunda bir nechta asosiy belgilarga eʼtibor beriladi: traxeya va bronxlarning oʼtkazuvchanligi, shilliq qavatining koʼrinishi, bronxlar ajratgan sekretning koʼrinishi va sifati, elastikligi, instrumental palьpatsiyada qonash-qonamasligi, shilliq qavatidagi qon-tomirlari va burmalari.
Endotoksikoz darajasi va dinamikasini tashxislash. Qon plazmasidagi, eritrotsitlardagi, sutkalik siydikdagi oʼrtamolekulyar peptidlarni kontsentratsiyasini aniqlashdan iborat. Sistemali yalligʼlanish reaktsiyasi sindromini aniqlashda leykotsitoz darajasi, limfotsitlar miqdori, EChT, sial kislotalari darajasi, S reaktiv oqsil aniqlanadi. Proteinogramma koʼrsatkichlaridan alьbuminning fibrinogenga nisbati, alьbuminning α1 va α2 globulinlarga nisbati informativ xisoblanadi.
Funktsional tashxislash: tashqi nafas koʼrsatkichini tekshirish (kompyuter spirografiyasi maʼqul), yurak mushaklari elektrik xususiyatlari (elektrokardiografiya), yurak qisqarish xajmi (tananing integral reografiyasi) va yurak klapanlari xolatini aniqlash (exokardiografiya).

Umumiy davo.

Bemorlar yorugʼ va xavo aylanadigan palatalarga joylanmogʼi lozim. Bemorlarga aktiv xarakatlanish, daxlizga chiqish, davo va gigienik gimnastika bilan shugʼullanishga ruxsat berilishi kerak. Shuningdek dorilar yordamida 9-10 soatdan kam boʼlmagan toʼlaqonli uyquni taʼminlash zarur. Oʼtkir oʼpka yalligʼlanishi fonida xar kuni bemorlar yiringli balgʼam bilan birga koʼp miqdorda oqsillarni yoʼqotishadi. Tezda gipoproteinemiya rivojlanadi. Shuning uchun bemorlarning ratsioni koʼp miqdorda oqsilni, kaloriyali va xilma xil boʼlishi lozim. S, B1, B6, B12 vitaminlarini bemorlar yetarli miqdorda qabul qilishlari kerak. Аskorbin kislotasining kunlik miqdori 1-2 grammdan kam boʼlmasligi kerak, shuningdek bir qismini tomir orqali yuborilgani maʼqul.

Etiotrop davo:
– antibakterial dorilar;
– virusga qarshi dorilar;
– uzoq vaqt antibakterial davo qoʼllanilganda ikkilamchi zamburugʼlarga qarshi profilaktika.
Xozirgi kunda antibakterial terapiya sifatida ikki va xattoki uch antibakterial dori kombinatsiyasi qoʼllanilmoqda.

Xirurgik davo:

  1. Shoshilinch operatsiyaga koʼrsatmalar:
    • – oʼpkadan qon ketishi;
    • – tarang piopnevmotoraks;
    • – bronxial oqma orqali koʼp miqdorda xavo chiqishi bilan kechuvchi piopnevmotoraks;
    • – koʼkrak qafasi devori flegmonasi;
    • – asfiksiya xavfi (balgʼam koʼp miqdorda ajralib, kontralateral oʼpkaga oʼtganida).
  2. Shoshilinch qoldirilgan operatsiyaga koʼrsatmalar:
    • – konservativ davodan effekt yoʼqligi;
    • – gangrena progressiyasi.
  3. Rejali amaliyotga koʼrsatmalar:
    • – surunkali abstsessning rivojlanishi;
    • – fibroatelektaz va pnevmotsirroz rivojlanishi (qayta destruktsiya xavfi bilan).
# Materiallar KO'CHIRISH KO'CHIRISH
1
Prezentatsiya 4-5 kurs talabalar uchun - Oʼpkaning oʼtkir va surunkali yiringli destruktiv kasalliklari
2
Ma'ruza 4-5 kurs talabalar uchun - Oʼpkaning oʼtkir va surunkali yiringli destruktiv kasalliklari