Bakalavriat. 4 kurs talabalar uchun

Qorin devorining churralari va asoratlari

Qorin churrasi (hernia) deb, qorin bo’shlig’idan ichki a’zolarning qorin devoridagi tabiiy yoki sun’iy teshik orqali uning tashqarisiga, qorin pardasining ularni qoplab turadigan devor oldi varag’i bilan birga chiqishiga aytiladi.

Qorin churralari tashqi va ichki bo’ladi.

Tashqi churralarda ichki a’zolar qorinning oldingi devoridagi, chanoq, bel yoki dumba sohasidagi teshik orqali tashqariga chiqadi.

Qorinning ichki churrasi qorindagi ichki a’zolarning qorin pardalariga va qorin bo’shlig’idagi ichak xaltalariga (bursa omentails, foramen Winslou, recessus subcolecalis ilieocolis, intersigmoidcus), shuningdek diafragmaning tabiiy yoki orttirilgan teshiklariga chiqishidan iborat.

Qorinning tashqi churralari – ko’p uchraydigan xastalik, churra bilan hamma aholining 3-4 foizi og’riydi. Eng ko’p chov churralari (75%), so’ngra son (8%), kindik (4%), operatsiyadan keyingi churralar (14%) kuzatiladi, churralarning qolgan formalari 1 foizni tashqil qiladi. Erkaklarda ko’proq chov churralari, ayollarda son va kindik churralari bo’ladi.

Kelib chiqishiga ko’ra:

  1. Tug’ma churralar.
  2. Orttirilgan churralar.
  3. Zo’riqishdan bo’ladigan churralar.
  4. Darmonsizlikdan bo’ladigan churralar.
  5. Operatsiyadan keyingi churralar.
  6. Travmatik churralar.
  7. Patologik churralar.

Anatomik joylashuviga ko’ra: chov, son, kindik, epigastral, xanjarsimon o’siq churralari, qorinning yon churralari, bel, quymich, yopqich teshik, oraliq churralari.

Klinik kechishiga ko’ra:

  1. Asoratlanmagan (to’g’rilanadigan) churralar.
  2. Asoratlangan churralar (to’g’rilanmaydigan, qisilgan, koprostaz, churra yallig’lanishi).

Rivojlanish bosqichlari bo’yicha:

  1. Noto’liq (boshlang’ich, kanal, urug’ tizimchasi churrasi).
  2. To’liq.

Churralar mahalliy va umumiy xarakterdagi sabablardan hosil bo’lishi mumkin, moyil qiladigan va keltirib chiqaradigan turlarga bo’linadi. Churralar hosil bo’lishining moyillik qiladigan sabablariga churra eng ko’p hosil bo’ladigan joylarda qorin devori tuzilishining mahalliy anatomik xususiyatlari kiradi. Bu kuchsiz joylar yoki «churra nuqtalari» quyidagilardir:

– chov kanali sohasi;

– sondagi oval chuqurcha sohasi;

– qorin oq chizig’i aponevrozining kindik ustidagi va kindik oldidagi bo’limi;

– Spigeli chizig’i sohasi;

– Pti uchburchagi sohasi;

– Gryunfeld-Lesgaft to’rtburchagi sohasi;

– yopqich teshik sohasi.

 

Umumiy moyillik qiladigan omillarga: irsiyat, yosh (umrining birinchi yoshidagi bolalarda ko’krak devori kuchsiz, keksalarda qorin devori to’qimalari atrofiyaga uchragan bo’ladi), jins (ayollarda chanoq va son halqasining tuzilish xususiyatlari, erkaklarda chovning kuchsizligi), gavda tuzilishining xususiyatlari, semiz-oriqlik, tez-tez tug’ish, qorin devori shikastlari, operatsiyadan keyingi chandiqlar, qorin devori nervlari falajini kiritadilar. Bu umumiy omillar qorin devorining mahalliy zaiflanib qolishiga olib keladi.

Keltirib chiqaradigan omillar. Bu qorin ichida bosimni oshiradigan omillardir, chunonchi: og’ir jismoniy mehnat, tug’ruqning qiyin o’tishi, juda og’ir yuklarni ko’tarish yoki og’ir narsani tutib turish uchun ko’p kuch sarflab zo’riqish shular jumlasiga kiradi. Churraning shu taxlitda hosil bo’lishiga «zo’riqishdan bo’ladigan churra» deyiladi.

Simptomlari bo’yicha asoratlanmagan churralar (to’g’rilanadigan, joyiga solinadigan), xronik asoratlangan (to’g’rilanmaydigan) va o’tkir asoratlangan churralarni farq qilish lozim.

Asoratlanmagan tashqi churralar sub’ektiv turli-tuman namoyon bo’ladi. Ba’zan ular umuman bo’lmaydi. Aksariyat bemorlar churra sohasida joylashgan simillagan, qattiq og’riqdan noliydilar. Og’riq, masalan, to’sh osti soxasini boshlang’ich chov churrasida – moyakka, jinsiy labga va boshqa sohalarga beriladi. Og’riq jismoniy zo’riqishda, og’ir yuk ko’tarishda, vertikal vaziyatda kuchayadi. Dispeptik shikoyatlar: kekirish, jig’ildon qaynashi, ko’ngil aynishi, ba’zan qusish, dizuriya, qabziyatlar ham bo’lib turadi.

Churralarning o’tkir asoratlari. Bularga: churrada najas turib qolishi (koprostaz), churra ichidagi a’zolar yalliglanishi va churra qisilishi kiradi.

To’g’rilanmaydigan churra simptomatikasi. To’g’rilanadigan churranikidan odatda yaqqolroq ifodalangan. Dispeptik buzilishlar, qabziyatlar ko’p uchrab turadi.

To’g’rilanmaydigan churra ko’pincha ichakning mexanik tutilib qolishi (bitib ketish, buralish, striktura), churra pardalarining yallig’lanishi va qisilishi bilan asoratlanadi.

Chov kanali anatomiyasi

Chov kanali anatomiyasi. Ichki va yon tomondan ko'rinishi

Chov kanali anatomiyasi. Yon proektsiya.

Chov kanali anatomiyasi. 5 uchburchak

Chov boylami anatomiyasi

Jirar-Bobrov gernioplastika usuli (Qahhorov Muhammadyusuf)

Jirar-Spasokukotskiy gernioplastika usuli Kimbarovskiy choklari bilan (Qahhorov Muhammadyusuf)

Bassiini usulida gernioplastikasi (Abdujalilov Yahyobek)

Yoshlarda kindik churralar (Raxmonova Umida)

Chov yorg'oq churra. Lixtenshteyn operatsiyasi