Bakalavriat. 5 kurs talabalar uchun

Qizilo'ngach kasalliklari

Disfagiya (yutishning buzilishi) – yutinish harakatini bajara olmaslik, halqumda va qiziloʼngach boʼylab ovqat luqmasi harakatining buzilishi, shuningdek bu aʼzolarda ovqat tutilib qolishi bilan bogʼliq yoqimsiz sezgilar. Disfagiya ogʼriq bilan oʼtishi mumkin – disphagia dolorosa yutishda ogʼriq odatda zararlangan sathda seziladi, u orqaga, boʼyinturuq venaga ham oʼtishi ehtimol.

Ogʼriq (dolor). Qiziloʼngach kasalligiga uchragan koʼpgina bemorlar ogʼriqdan shikoyat qiladilar. Odatda u toʼsh orqasida oʼrta chiziq, boʼylab zararlanish sohasiga taxminan mos keladigan joyda boʼladi, biroq u oʼng tomondan orqaga va toʼshdan chap tomonga berilishi ham mumkin. Ogʼriqlar ovqat yeyish bilan bogʼliq boʼlishi va yutinishning buzilishi bilan oʼtishi mumkin (rak, stenoz, diskineziyada). Koʼpincha bunday hollarda atayin qayt qilish bemor ahvolini yengillashtiradi.

Kekirish (eructatio). Havo va ovqat bilan kekirish farq qilinadi. Kekirish paydo boʼlishida meʼda mushagi qisqarishi bilan bir qatorda kardial sfinkter tonusining pasayib ketishi asosiy ahamiyatga ega. Koʼp ovqat yeyish yoki gaz qoʼshilgan ichimliklar ichishdan soʼng soppa-sogʼ odamlarda havo bilan kekirish fiziologik hodisa hisoblanadi. Bunday sabablarsiz paydo boʼladigan va bemorlarni bezovta qiladigan tez-tez va qattiq kekirish koʼp kasalliklarda kuzatiladi. Ovqat qiziloʼngachda yoki divertikulda turib qolganda, rak stenozida, megaezofagusda kekirganda qoʼlansa hid keladi.

Qiziloʼngachdan qusish (regurgitatio). Qiziloʼngachdan qusish ovqat bilan kekirishga yaqin. Bunday qusishdan oldin koʼngil aynishi kuzatilmaydi, unda odatda qorin boʼshligʼi va meʼda mushagi qisqarmaydi, ovqat kengayib va toʼlib ketgan qiziloʼngachdan uning devorlari spastik qisqarishi natijasida ogʼizga otilib chiqadi.

Qiziloʼngach kuyishi (Oesophagitis corrosiva) oʼz joniga suiqasd qilish hollarida yuz beradi. Koʼpgina mualliflarning maʼlumotlari boʼyicha soʼnggi yillarda qiziloʼngachning sirka kislota (essentsiya)dan kuyib qolish soni birmuncha koʼpaydi. Kuchli kislota ichib qoʼyilganda eng koʼp oʼzgarishlar qiziloʼngachda, oʼyuvchi ishqor ichib qoʼyilganda esa meʼdada ozroq oʼzgarishlar paydo boʼladi deb hisoblanadi (chunki meьda shilliq pardasi kislotalar taʼsiriga maʼlum darajada chidamli boʼladi). Boshqa omillarning ham ahamiyati bor: ichilgan kimyoviy modda miqdori, meʼdada ovqat borligi va x.k. Odatda kuyishdan keyin stenozlar qolgan bemorlarda ogʼiz va xalqum shilliq, pardasida ham tegishli oʼzgarishlar kuzatiladi.
Klinik manzarasi. Bemorlar ayniqsa kislota ichib qoʼyganlarida kuchli azobga duchor boʼladilar. Oʼyuvchi ishqor yoki kislota ichilgan ogʼir hollarda ogʼiz boʼshligʼi, halqumda, toʼsh orqasida yoki epigastral soxada qattiq achishish va kuchli ogʼriq paydo boʼladi. Lablar shishib ketadi, bemor ranggi boʼzaradi. Bradikardiya yuzaga keladi. Shok, hushdan ketish va oʼlim yuz beradi. Аgar 1 – 2 kun ichida oʼlim sodir boʼlmasa, hiqildoq shishishi, shilliq va qon aralash yoki shilliq parda boʼlakchalarini qusish sababli ogʼir nafas qisishi yuzaga keladi. Lablar va ogʼiz boʼshligʼi shishgan, qonab turadi. Harorat koʼtariladi. Yutinib boʼlmaydi. qiziloʼngach teshilishi sababli qon oqadi, oʼtkir mediastinit belgilari paydo boʼladi. Oʼlim 3-4 kun oʼtgach sodir boʼlishi ehtimol.
Davolash va profilaktikasi. Shoshilinch muolaja: tezlik bilan kasalxonaga yotqizish, morfin inʼektsiyasi va suyuqlik kiritish hamda meʼdani yuvish uchun moʼl qilib moy surtilgan meʼda zondi kiritishdan iborat. Ishqorlar bilan zaharlanishda suyultirilgan sirka kislota eritmasi yoki oʼsimlik moyi bilan, kislotalardan zaharlanishda soda eritmasi bilan yuviladi. Shubhali hollarda meʼda sut yoki bufer eritmalari bilan yuviladi. Zond kiritishdan avval kimyoviy modda tabiatiga koʼra soda, sirka kislota yoki sutni koʼp miqdorda ichish buyuriladi. Neytrallaydigan modda kiritish zaharlanishdan keyin dastlabki 4 soat ichidagina maqsadga muvofiq deb hisoblanadi.

Qiziloʼngachning axalaziyasi, bu kardia axalaziyasi deb ham ataladi; kardiospazm; qiziloʼngachning aperistaltikasi. Kardiya axalaziyasi (kardiospazm) – bu qiziloʼngachning nerv-mushak kasalligi boʼlib, u yutish paytida kardia refleks ochilishini doimiy buzilishi, peristaltikada oʼzgarishlar va qiziloʼngach devorining ohangining pasayishi natijasida oshqozonga oziq-ovqat massalarining oʼtishini buzadi. Qiziloʼngachning boshqa kasalliklariga nisbatan ushbu kasallikning tarqalishi 3 foizdan 20 foizgacha. Kasallikning dastlabki belgilari koʼpincha 20-40 yoshda paydo boʼladi. Koʼpincha ayollar kasal.
Etiologiyasi: kardia axalaziyasining etiologik omillari – qiziloʼngachning asab apparati rivojlanishidagi tugʼma anomaliyalar (mushaklarning (Аuerbax) pleksusining degeneratsiyasi); qiziloʼngach harakatlanishining neyrogen diskoordinatsiyasi paydo boʼlishi bilan konstitutsiyaviy nevrasteniya; qiziloʼngachning refleksli disfunktsiyasi; qiziloʼngach va kardiya asab pleksuslarining yuqumli toksik lezyonlari. Hal qiluvchi omil bu stress yoki uzoq davom etadigan hissiy stress.
Davolash: kardia axalaziyasi uchun konservativ terapiya faqat kasallikning dastlabki bosqichlarida qoʼllaniladi, shuningdek kardiodilatatsiya va bemorlarni jarrohlik davolashga tayyorlashda ishlatiladi. Oziq-ovqat mexanik va termal yumshoq, oqsil va vitaminlarga boy boʼlishi kerak. Ovqat fraksional, oxirgi ovqat yotishdan 3-4 soat oldin. Kasallikning I-II bosqichlarida disfagiyaning pasayishiga nitropreparat guruhining dori vositalari – nitroglitserin, amil nitrit yordamida erishish mumkin. Toʼxtab qolgan qiziloʼngachning paydo boʼlishi bilan, antiseptiklarning zaif eritmasi bilan qiziloʼngachni yuvish qoʼllaniladi. Terapevtik taʼsir elektroforez novokain bilan, kardia sohasidagi chuqur diatermiya, uzun toʼlqinli diatermiya va boshqalardan soʼng qayd etiladi.
Kardia axalaziyasini davolashning asosiy usuli – kardiodilatatsiya, bu distal qiziloʼngach va kardial mushaklarini zoʼravon choʼzish va qisman yirtishdan iborat. Kardiodilatatsiya kasallikning har qanday bosqichida amalga oshirilishi mumkin. Qoʼllash mumkin boʼlmagan holatlar: qiziloʼngachning varikoz tomirlari bilan portal gipertenziya, ogʼir qiziloʼngach, qonning koʼpayishi bilan birga keladigan qon kasalliklari.

Qiziloʼngach divertikullari – qiziloʼngach devorining chegaralangan boʼrtib chiqqan joylaridir. Koʼpchilik tadqiqotchilar traktsion mexanizm divertikul rivojlanishining boshidagina kuzatiladi, deb hisoblaydilar. Keyinchalik divertikul kattalashadi va pulsion mexanizm taʼsiri ostida oʼz shaklini oʼzgartiradi. Bu xildagi divertikullar pulьsion-traktsion divertikul nomini olgan. Qiziloʼngach divertikullarini pulsion, traktsion va aralash (pulьsion-traktsion) turlarga boʼlish bilan birga ularning joylashuvi boʼyicha klassifikatsiyasi ham qabul qilingan. Shu tariqa halqum-qiziloʼngach yoki Senker divertikullari, epibronxial (bifurkatsion, oʼrta qiziloʼngach), epifrenal (epidiafragmal) va boshqa kam uchraydigan xillari farq qilinadi.

Klinik manzarasi. Kichik divertikul bir necha yilgacha yuzaga chiqmasligi yoki halqumda achishish, qirilish sezgisi, yoʼtal, h,alqumda yot jism bordek his qilish, yutinish buzilishi, koʼp soʼlak oqishi, ogʼizdan badboʼy hid kelishi, koʼngil aynishi kabi simptomlarni paydo qilishi mumkin. Koʼngil aynish belgisi baʼzan meʼda kasalligi toʼgʼrisida oʼylashga majbur etadi. Divertikul qopchasi kattalashuvi bilan bir vaqtda yutishning buzilishi paydo boʼladi. Bemorga hiqildoq orqasida ovqat toʼxtab qolayotgandek tuyuladi, agar qopcha katta boʼlsa, qiziloʼngachning yuqori qismida toʼxtab qolayotgandek boʼladi. Ovqat luqmasi toʼxtashi Bensaude va Gregorie «Blokada fenomeni» deb tasvirlagan qator simptomlar bilan oʼtadi: bemor yutish harakatlari qiladi, shundan keyin yuzi qizarib, nafasi qisa boshlaydi. qayt qilganidan keyin yengil tortadi. Аgar qayt qilmasa, boshi aylanadi, qisman hushdan ketish holati yuzaga keladi.
Regurgitatsiya yoki qayt qilish har kuni boʼlsada, ovqat divertikulda kamdan-kam bir necha kun turib qoladi. Divertikul suyuqligining regurgitatsiyasi va uning nafas yoʼllariga tushishi aspiratsion zotiljam kasalliklariga sabab boʼladi. Boshqa simptomlardan qaytuvchi nerv bosilishi oqibatida paydo boʼladigan tovush bugʼilishi, traxeyaning bosilishi sababli nafas olish qiyinlashuvini koʼrsatib oʼtish mumkin.

Qiziloʼngach oʼsmalari: xavfsiz va xavfli oʼsmalarga boʼlinadi. Qiziloʼngachning xavfsiz oʼsmalari kamdan-kam uchraydi. Morfologik tuzilishi jihatidan bu oʼsmalar epitelial oʼsmalar qatoriga kiradi. Bularga qiziloʼngach poliplari, biriktiruvchi toʼqimadan tashkil topgan oʼsmalar (fibroma, fibrolipoma), tomir toʼqimasidan kelib chiqqan oʼsmalar (gemangioma), nerv toʼqimasidan paydo boʼlgan oʼsmalar (neyrofibroma), mushak toʼqimasidan hosil boʼlgan oʼsmalar (leyomioma) kiradi. Qiziloʼngachda aksariyat leyomiomalar (70% hollarda) rivojlanadi.

Etiologiyasi va patogenezi. Qiziloʼngachning xavfsiz oʼsmalari paydo boʼlishi, umuman oʼsmalarning paydo boʼlishi singari, yetarlicha oʼrganib chiqilmagan. Bu oʼrinda juda issiq, qattiq va achchiq ovqatlar isteʼmol qilish natijasida qiziloʼngach shilliq pardasining surunkali tarzda taʼsirlanib turishining ahamiyatini qayd qilib oʼtish lozim.

Klinik manzarasi. Qiziloʼngachning unchalik katta boʼlmagan oʼsmalari simptomlarsiz oʼtadi va meʼda-ichak yoʼlini rentgenologik tekshirishda, operatsiyalar yoki ochish vaqtida tasodifan topiladi. Eng koʼp uchraydigan disfagiya simptomi odatda vaqti-vaqtida yuzaga chiqadi va koʼp yillar ichida juda asta-sekin orta boradi (bu hodisa rakda juda kam uchraydi). Toʼsh orqasidagi ogʼriq, bosilish va toʼlib ketish sezgisi, dispeptik hodisalar bundan keyingi oʼrinda turadi. Poliplar va gemangiomalardan baʼzan profuz qon ketishi ehtimoli bor. Qiziloʼngachning proksimal boʼlimida joylashadigan uzun oyoqchali poliplar qayt qilishda ogʼiz boʼshligʼiga, halqum va hiqildoqqa chiqib qolishi mumkin. Polip halqum yoki hiqildoqqa tushganda qattiq yoʼtal xuruji, asfiksiya, baʼzida oʼlim yuz berishi mumkin.
Qiziloʼngachning katta xavfsiz oʼsmalari traxeo-bronxial shoxni bosib qoʼyishi va oʼpkaning yalligʼlanish kasalliklariga, atelektazlar rivojlani-shiga olib kelishi mumkin. Traxeya, bronxlar, nervlar, yurak va koʼks oraligʼidagi boshqa aʼzolarning qiziloʼngach devoridan tashqarida oʼsayotgan oʼsmadan bosilishi natijasida nafas qisishi, yoʼtal, yurak urishi, yurak sohasida ogʼriq va boshqa buzilishlar paydo boʼlishi mumkin. Qator hollarda oʼsma ustidagi shilliq pardada nekroz, yalligʼlanish va yaralar hosil boʼlishi kuzatiladi.

# Materiallar KO'CHIRISH KO'CHIRISH
1
Prezentatsiya 4-5 kurs talabalar uchun - Qiziloʼngach kasalliklari
2
Ma'ruza 4-5 kurs talabalar uchun - Qiziloʼngach kasalliklari