Bakalavriat. 4 kurs talabalar uchun

Oshqozon va 12 b.i. yara kasalligi, yara kasalligi asoratlari

Me’da va o’n ikki barmoqli ichakning yara kasalligi – hozirgi zamon gastroenterologiyasining asosiy muammolaridan biri hisoblanadi. Bu kasallik 1000 aholiga hisob qilganda 4-5 hollarda uchraydi. Kasallik yoshlar va Yoshi ulg’aygan hamda keksa odamlarda ham uchrab tursada, asosan 20-40 yoshdagi kishilarda bo’ladi. Yoshlikda uning duodenal formasi, keksalikda me’da yarasi uchraydi. Erkak va ayollarda uchrash nisbati yoshlarda va o’rta yoshlarda 5:6, yoshi ulg’aygan odamlarda 3:1 va keksalarda deyarli 1:1. Bemorlarning nogiron bo’lishlari jihatidan yara kasalligi 2-o’rinni egallaydi (yurak-tomirlar kasalliklaridan keyin).

Yara kasalligi etiologiyasi murakkab va hal qilinmagan masala hisoblanadi. Hozirgi vaqtda omillarning 3 asosiy guruhi: nerv, gumoral va mahalliy omillar mavjud. Konstitutsiya, irsiyat, tashqi muhit sharoitlari muayyan rol uynaydi. Me’da yaralari shilliq pardaga ximiyaviy va fizik omillar, dori preparatlari ta’siridan, qon aylanishining buzilishi, gipoksiya va boshqalardan paydo bo’ladi, bu shilliq parda butunligi buzilishiga olib keladi.

Yara penetratsiyasi

Bu perforatsiyaning sekin kechadigan turlaridan biri bo’lib, penetratsiyaning 3 bosqichi farq qilinadi:

I – devorning hamma bo’limlari orqali o’tishi – devor ichi penetratsiyasi;

II – qo’shni a’zo bilan fibroz qo’shilib ketish bosqichi;

III – penetratsiyaning tugallanish va qo’shni a’zoga (kichik charvi, me’da osti bezi, jigar, ko’ndalangchambar ichak yoki uning ichak tutqichi, diafragma, taloqqa) kirishi.

Penetratsiyaning o’ziga xos simptomlari og’riqning kuchayishi, uning doimiyligi, bel sohasiga, kurakka, bo’yinga (penetratsiya ro’y bergan a’zoga ko’ra) tarqalishi, qattiq, tungi og’riqlar, konservativ davolashning foydasi yo’qligi yoki kam naf berishidan iborat. Umumiy o’t yo’liga penetratsiya bo’lishi mumkin, u o’t pufagiga kamdan-kam kiradi. Bu holda biliodigestive oqma yara hosil bo’ladi.

Piloroduodenal stenoz

Uning sababi ko’pincha o’n ikki barmoqli ichak yoki pilorik bo’limi, yoki pilorik kanalidagi yarada periultseroz infiltrat, shish, spazm va chandiqdanish bo’lishidir. Yarali anamnez odatda davomliligi, biroq, yoshi ulg’aygan va keksa odamlarda kasallik paydo bo’lgan vaqtdan boshlab 1-3 oy ichida stenoz rivojlangan hollar ma’lum.

Evakuatsiyaning buzilish darajasiga ko’ra stenozning 3 asosiy bosqichi farq qilinadi: kompensatsiyalangan, subkompensatsiyalangan va dekompensatsiyalangan stenoz.

Teshilgan gastroduodenal yaralar

Me’da va o’n ikki barmoqli ichak yaralari perforatsiyasi – yara kasalligining eng xavfli asoratlaridan biridir: turli mualliflarning ma’lumotlariga ko’ra ular 3 dan 30 foizgacha uchraydi.

Yaralarning teshilish sabablari har xil. Ko’pincha bundan oldin yara atrofidagi yallig’lanish jarayoni qo’ziydi, simptomlar kompleksi kuchayadi («prodromal» davr), ba’zan qorin ichidagi bosim oshadi.

Yara teshilishi mehnatga layoqatli yoshda (20-50 yosh) uchraydi. Yoshi ulg’aygan va keksa odamlarda yara perforatsiyasi unchalik ko’p kuzatilmaydi. Yarasi teshilgan bemorlarda davomli «yara» anamnezi kuzatiladi, biroq yoshlarda (30 yoshgacha) teshilish batamom tinch sharoit fonida paydo bo’ladi («soqov» yaralar teshilishi).

Yaradan qon ketishi

Yaradan qon ketish yashirin va ochiqdan-ochiq bo’ladi. Qon me’da va o’n ikki barmoqli ichak kapillyarlari, venalari, arteriyalaridan va a’zolardan tashqaridagi tomirlardan oqadi. «Kichik» degan nom olgan kam qon yo’kotishlarda (50 ml gacha) klinik manzara amalda ifodalanmagan bo’ladi, garchi davomli «kichik» qon ketishlar ham kamqonlikka olib kelishi mumkin.

Yara malignizatsiyasi

Me’da yaralari 15-20 foiz hollarda malignizatsiyaga uchraydi. Bu ayniqsa katta egrilikda va me’da pilorik bo’limi sohasida joylashgan yaralarga taaluqli. Malignizatsiyaga aksariyat kallyoz yaralar va asosan 40 yoshdan oshgan odamlardagi yaralar uchraydi. Me’da yarasi diametri 1,5 sm dan katta bo’lsa, uni xavfli yara sifatida baholash kerak.

Me’da yarasining malignizatsiyasida bemorlarda qayd qilinadigan belgilar kasallik boshlangan hollarda uchraydi. Me’da yarasi katta egrilikda, pilorik va kardial qismlarda, diametri 1,5 sm dan katta bo’lsa, uning malignizatsiyaga uchraganligi mumkinligi haqida o’ylash lozim; me’da shirasi kislotaligining pasayishi, yara anamnezining davomliligi; bemor uchun odatdagi og’riq xarakterining har qanday o’zgarishi; 4-6 hafta mobaynida kompleks konservativ davolashning naf bermaganligi ham shundan darak beradi.

Teshilgan gastroduodenal yaralar

Oshqozon va 12-barmoq ichak yaralarning asoratlari. 5P mnemonikasi

Oshqozon va 12 - barmoq ichak yaradan qon ketishi. Forrest klassifikatsiyasi

Truncus caeliacus shoxlari. Mnemonika.

Tutamli vagotomiya va Finney bo'ycha piloroplastikasi. Toshpulatova Shaxnoza

Oshqozon anatomiya va fiziologiyasi. Kenjaboyev Abdulxay

Jig'ildon qaynash to'g'risidag ma'lumot. Eshboyev Elyor

Oshqozon yot jismlari. Saydullayev Alisher

Oshqozondan qon ketishi. Forrest klassifikatsiyasi. Ibrohimov Sherdorbek

Удаленный желудок после бариатрической операции

Olib tashlangan oshqozon (sliv rezektsiyadan keyingi holat)

12-barmoq ichak yara kasalligida og'riq sindromi. G'ulomjonova Aziza

Jigar, oshqozon anatomiyasi. Ahrorov Behruzbek